Andijon shahridagi “Ishonch” do‘konida ishlovchi ayollarning mehnat huquqlari buzilmoqda
03.08.2023
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi “Ishonch” do‘konida ishlovchi ayollarning mehnat huquqlari buzilayotgani, ularning ish vaqti soat 8:00dan 17:00gacha bo‘lishi kerakligi, lekin do‘kon rahbariyati soat 19:00gacha ishlashga majbur qilayotgani haqida xabar e'lon qilindi.
Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi ushbu murojaatni o’z nazoratiga oldi, oʻrganishlar natijasi haqida qo’shimcha axborot beriladi.