“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi yuzasidan axborot tinglandi

03.07.2020

Bugungi kunda bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, mehnat bozori va mehnat migrasiyasini tartibga solish bilan bog‘liq yangi munosabatlarni qonuniy tartibga solish zarurati tug‘ilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi yuzasidan axborot tinglandi.

Bunda Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi E. Gadoyev, Senatning Fan va ta’lim qo‘mitasi raisi R. Mahmudova, Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Iminov, Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi a’zosi, senator M. Qodirxonova hamda Bandlik va mehnat munosabati vazirligi mas’ullari ishtirok etdi.

senat 1 

Мazkur yig‘ilishda, aholi bandligini ta’minlashda hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashish, aholiga keng imkoniyatlar yaratish kabi masala lar o‘rin oldi.

Qayd etish joizki, mazkur qonun loyihasi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida hamda Vazirlar Mahkamasining bandlik va mehnat bozorini tartibga solish, mehnat migrasiyasini tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan huquqiy normalarni o‘zida jamlagan.

senat 

Shuningdek, Qonun loyihasini qabul qilishdan kutilayotgan natija asosan mehnat bozori va bandlikni sifat jihatidan yangi bosqichda rivojlantirish, shu bilan birga milliy ishchi kuchi sifatini oshirish uchun rag‘batlantirishni tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirishni kuchaytirish, ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish, mehnat bozorida zamonaviy infratuzilma va institusional muhitni yaratish, mehnat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, shaxslarning tadbirkorlik tashabbuslari va o‘zini o‘zi band qilishga jalb etish ko‘zda tutilmoqda.

senat 2 

senat 4