“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Ma’rifat soati” bo'lib o'tdi

12.02.2021

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan yangi tahrirdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati, hududiy telekanallar rahbarlari, kadrlar boshqarmalari boshliqlari va huquqshunoslar ishtirok etdi.

Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari B.Umurzoqov hamda vazirning davlat tilida ish yuritish bo‘yicha maslahatchisi G.Isaqova mehnat qonunchiligiga oid hujjatlar va ularni keng ommaga yetkazish borasida ma’ruza qildilar.