Qashqadaryodan Toshkentga bir guruh quruvchilar karvoni keltirildi
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda. Joriy yilning 16 may kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan quruvchilar karvonining navbatdagi guruhi Qashqadaryo viloyatidan keltirilib, Toshkent shahridagi qurilish ob’yektlariga joylashtirildi.
Bunda 260 nafar quruvchi "KILPYONG LEADERS" MChJ hamda "MEGAPOLIS BUILDING" MChJ tomonidan ko‘p qavatli uy qurilishi uchun, "YUKSAK PARVOZ QURILISH" MChJ tomonidan “Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va buyrak transplantasiyasi ilmiy-amaliy markazi” qurilishi uchun, “Trest 12” AJ 50-qurilish boshqarmasiga Islom sivilizasiyasi markazi qurilishi uchun jalb etildi.
Vazirlik vakillari qurilish brigadirlari bilan bo‘lgan muloqotda ishchi xodimlar holda ish tashkil etish masalalarini muhokama etdi.