30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni

30.07.2021

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilning 10 fevraldagi O‘RQ-672-son Qonuniga asosan 30 iyul - Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilangan.

O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, shuningdek, 16 diniy konfessiya vakillari istiqomat qiladi. Mamlakatda 141 milliy madaniy markaz mavjud. Ushbu kun 2011 yil 3-mayda BMT Bosh assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan. Rezalyutsiyada «xalqlar, mamlakatlar, madaniyatlar va shaxslar o‘rtasidagi do‘stlik,tinchlikni taʼminlash bo‘yicha saʼy-harakatlarni ilhomlantirishi va madaniy xilma-xillikni hurmat qiladigan jamiyatlar o‘rtasida ko‘priklar yaratish imkoniyatini yaratishi mumkin» deb taʼkidlangan.