#25_may_so'ngi_qo'ng'iroq

25.05.2022

"Har birimizning unutilmas onlarimizga guvoh bo‘lgan, beg‘ubor va samimiyatga to‘la zavqli bolalik damlar o‘tgan maktab davrimiz, olamni zangor ranglarda tasavvur qilgan yillarimiz yodimizda. Maktabdosh, partadosh, qolaversa ilk do‘stlashgan yaqinlarimizni esga soladigan kun, 25-may sanasi, ko‘ngillarda yana bir bor ajib tuyg‘ular uyg‘otdi.

Qadrli yigit va qizlar, bitiruvchi ukalarim va singillarim!

Bugun katta hayot ostonasida turibsiz, ulkan rejalar, orzu va maqsadlar sari intilish va izlanish pallasi hali oldinda.
Men ham o‘quvchi bo‘lganman, ustozlarning o‘giti va madadlari tufayli shu darajaga yetishdim, sizlarga ham bugungi hayajonli va takrorlanmas daqiqalarda faqat omad, uzoq va davomli muvaffaqiyat, hamisha el nazarida bo‘lishingizni, eng yuqori cho‘qqilarni zabt etishingizni tilayman,"

Hurmat bilan Nozim Xusanov!