217 ming fuqarolar kasb-hunarga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qishga jalb etildi
217 ming fuqarolar kasb-hunarga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qishga jalb etildi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining asosiy vazifalaridan biri, ishsizlarni, ayniqsa xotin-qizlar, yoshlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish hisoblanadi. O‘z navbatida hokim yordamchisi, xotin qizlar faoli tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini xohish istaklari hamda mehnat bozoridagi talabdan kelib chiqib, kasb-hunarga, hunarmandchilikka yoki tadbirkorlikka o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.
Buning natijasida jami 217 ming fuqarolar, shundan 183 ming xotin-qizlar, 90 ming yoshlar kasb-hunarga, tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qishga jalb etildi.
Yillik reja 136 % ga ortig‘i bilan bajarildi.
Shuningdek, 53 ming vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni kasbga va chet tillariga o‘qitildi.