2023-yil 27-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoroda shifokorlar majburan ishdan bo‘shatilayotganni aytilmoqda” nomli video lavxa joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi.
2023-yil 27-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoroda shifokorlar majburan ishdan bo‘shatilayotganni aytilmoqda” nomli video lavxa joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi.
Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2023 yil mart oyi boshlarida Buxoro viloyat stomatologiya poliklinika xodimlari ishtirokida ishlab turgan binolari 1985-yilda qurilganligi, kapital ta’mirga muxtojligini, shu munosab bilan tez kunlarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi mumkinligini ma’lum qilgan. Shuningdek xodimlarni ish faoliyatini yuritish uchun qarama qarshi binoda joylashgan Buxoro shahridagi 2-son oilaviy poliklikadan 5 ta xona va Buxoro viloyat diagnostika markazidan 5 ta xona ajratilishini ma’lum qilingan.
2023 -yil 24-mart kuni poliklinikaning xodimlari majlis o‘tkazadigan xodda yig‘ilib, bino ta’mirga kirgan taqdirda ajratiladigan 10 ta xona yetishmasligini, boshqa bino ajratish yoki kisman qisman ta’mirlash masalasida yuqori turuvchi tashkilotlarga ariza yozilib, 53 nafari imzolagan.
Ushbu xodimlarning tuplanib turgan vaqtlarini va ular yuqori tashkilotlarga yozgan arizlariga imzo quyish jarayonlari o‘zining qo‘l telefoniga vrach texnigi J.Narzullayev tomonidan tasvirga olingan.
Video lavxada biror joyda ishdan bo‘shatish xaqida ariza olinayotganligi aytib o‘tilmagan.
Video lavxada ishtirok etgan N.Mardonova, M.Karshiyev, M.Qo‘ziyev, I.Murodova, V.Amonova, N.Narzullayevlar bilan suxbat o‘tkazilganda ular raxbariyat tomonidan ishdan bo‘shatish yoki ish xaqi saqlanmagan holda ta’til berish to‘g‘risida ariza talab qilmaganliklarini yozma ravishda ma’lum qildilar.
Shuningdek poliklinika bosh vrach vazifasini bajaruvchisi A.Muqimov xam o‘z tushuntirish xatida biror bir xodimdan ishdan bo‘shash yoki ish xaqi saqlanmagan xolda ta’til berish to‘g‘risida arizasi talab qilmaganligini yozma ravishda ma’lum qildi.
2023-yil 29-mart kuni poliklinikada barcha xodimlar ish faoliyatini davom ettirayotganligi, 24-martdan 29-martga qadar biror xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaganligi, xamda o‘tkazilgan so‘rov natijasida bunaqa turdagi ariza so‘ralmaganligi aniqlanganligi munosabati bilan ushbu tarqalgan xabar tasdiqlanmadi.