2020 YIL 17-OKTYABR KUNI CHIMBOY TUMANI XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING O‘N BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

17.10.2020

2020 yil 17-oktyabr kuni Chimboy tumani Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Chimboy tumani hokimi, Xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashi raisi P.Yeshanov boshqarib bordi.

Shuningdek, ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosobatlari vaziri N.B.Xusanov va AKB Mikrokredit bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari T.Atamurodov, tumandagi Xalq deputatlari, 4 ta sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari qatnashdi. Eng avvalo, deputatlar sessiyaning kun tartibini tasdiqladi.

Kun tartibida belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muqokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida
2020 yil 24-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholash reytingi ko‘rsatkichlari natijasiga ko‘ra, Chimboy tumani sektor rahbarlarining olib borayotgan ishlari bo‘yicha aholiga murojaati va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan aniq vazifalar ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Bandlik va mehnat munosobatlari vaziri N.B.Xusanov va tuman Kengashi deputatlari M.Zarikeyev, F.Palo'anovalar so‘zga chiqib fikr va takliflarini bildirdi.

Sessiya o‘z navbatida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qildi.