2 200 ga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta'minlandi

26.12.2019

2019 yil 15 oktyabrdan 1 dekabriga qadar 2 200 ga yaqin ishsiz xotin-qizlar bandligi ta'minlandi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ishsiz fuqarolarni hududlardagi bo‘sh ish o‘rniga ega tikuv-trikotaj korxonalariga jalb qildi. Tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan 148 ta mana shunday tadbirlar tashkil etildi. Unga “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zpaxtasanoat” uyushmalari tizimida mavjud bo‘lgan 7 552 bo‘sh ish o‘rinlariga jami 4 379 nafar ayol jalb qilindi. Natijada 2 200 ga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta'minlandi.

Umumiy ko‘rsatkichlar tahlili natijasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tikuv-trikotaj korxonalaridagi 150 bo‘sh ish o‘rinlariga 84 nafar, Andijon viloyatida 346 bo‘sh ish o‘rinlariga 77 nafar, Buxoro viloyatida 243 bo‘sh ish o‘rinlariga 166 nafar, Jizzax viloyatida 377 bo‘sh ish o‘rinlariga 107 nafar, Qashqadaryo viloyatida 401 bo‘sh ish o‘rinlariga 283 nafar, Navoiy viloyatida 80 bo‘sh ish o‘rinlariga 50 nafar, Namangan viloyatida 756 bo‘sh ish o‘rinlariga 84 nafar, Samarqand viloyatida 361 bo‘sh ish o‘rinlariga 35 nafar, Sirdaryo viloyatida 334 bo‘sh ish o‘rinlariga 98 nafar, Surxondaryo viloyatida 1178 bo‘sh ish o‘rinlariga 337 nafar, Toshkent viloyatida 1874 bo‘sh ish o‘rinlariga 411 nafar, Farg‘ona viloyatida 686 bo‘sh ish o‘rinlariga 362 nafar, Xorazm viloyatida 30 bo‘sh ish o‘rinlariga 8 nafar, Toshkent shahrida 736 bo‘sh ish o‘rinlariga 50 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.

2200 аёл 1 

2200 аёл 2