18-oktabr o‘tkazilgan “Mehnat yarmarkasi”da 105 ta ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar 4 000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi

18.10.2019

Bugun 18-oktabr kuni "Turkiston" san'at saroyida Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida "Mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi.  Mazkur loyiha “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon” shiori ostidagi Respublika talaba-yoshlar festivali doirasida tashkil etibdi.

Yarmarkada Toshkent shahrining barcha tumanlaridan 105 ta ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar 4 000 ga yaqin bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlarining oylik ish haqi o‘rtacha 1.5-2.0 mln. so‘mga to‘g‘ri keladi.

Yarmarkada 500 dan ortiq fuqarolar qatnashdi. Shulardan 226 nafarini ayollar, 152 nafarini yoshlar, 265 nafarini ta'lim muassasalari bitiruvchilari tashkil etdi.

Tadbirkorlik qilish va o‘z biznesini tashkil qilish istagini bildirgan fuqarolarga, ayniqsa, yoshlarga “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi va tijorat banklarining vakillari tomonidan “Har bir oila tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida imtiyozli mikrokreditlar berish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Yarmarkada Hunarmandlar uyushmasi tomonidan tikuvchilik, qandolatchilik, sartaroshlik va boshqa mini-texnologiyalar va asbob uskunalar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

IMG_20191018_222611

IMG_20191018_222615

IMG_20191018_222619