Dalillarga asoslangan Siyosat yuritish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yuqori darajali konferensiya Iqtisodiy Taraqqiyot uchun Samarali Boshqaruv

30.05.2022

Dalillarga asoslangan Siyosat yuritish bo‘yicha
Markaziy Osiyodagi yuqori darajali konferensiya

Iqtisodiy Taraqqiyot uchun Samarali Boshqaruv

Toshkent, 2022-yil

Dalillarga asoslangan Siyosat yuritish bo‘yicha konferensiyaning

Qo‘shma Deklaratsiyasi

 

Muqaddima

 

Biz, Jahon banki tomonidan O‘zbekiston Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari bilan hamkorlikda 2022-yil 24-25-may kunlari tashkil etilgan Iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv (ITSB) konferensiyasida yig‘ilgan hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va nodavlat tashkilotlardan ishtirokchilar ushbu deklaratsiyani qabul qilamiz. Ushbu hamkorlikdagi tadbir samarali boshqaruv va siyosatni amalga oshirish uchun ishonchli dalillardan foydalanishni targ‘ib etishni maqsad qilgan.

 

Dalillarga asoslangan siyosat bizning mamlakatlarimizda shaffoflik, hisobdorlik va yaxshiroq boshqaruv uchun umumiy ko‘rsatma sifatida hamma sohalarda joriy qilinishi lozim. Bu dalillarni to‘plash uchun, jumladan milliy statistika tizimlari orqali, salohiyatni mustahkamlash, va dalillardan yanada tizimliroq foydalanish, shuningdek biz barchamiz birgalikda intilayotgan inklyuziv farovonlikni ta’minlash uchun kerakli darajadagi shaffoflik va hisobdorlik talab qilinadi.

 

Biz maʼlumotlar, tadqiqotlar va eksperimentlar adolatli hamda inklyuziv iqtisodiy oʻsishga yoʻnaltirilgan boshqaruvni yaxshilashga koʻmaklashadigan ijobiy siyosat oʻzgarishlariga olib keladigan kuchli omil ekanligiga ishonamiz.

 

Biz yangi ITSB dasturini va uning amalga oshirish boʻyicha kontseptsiyasini bizni yoʻnaltiruvchi hujjatlarimiz sifatida qabul qilamiz. Ushbu konferensiya yanada davomiyroq fikr almashuvlarini yoʻlga qoʻyish uchun qoʻyilgan dastlabki qadamdir. Biz tanlangan siyosat sohalarida siyosatni yaxshilash, davlat va nodavlat institutlarning salohiyatini oshirish va mahalliy darajadagi faollik uchun harakatlarni yaxshiroq ma’lumotlar asosida safarbar qilishga intilamiz.

 

Bizning majburiyatlarimiz

  1. Biz inklyuziv oʻsishni ta’minlash, kambagʻallikni qisqartirish, ozchilik guruhlar farovonligini ustuvor oʻringa qoʻyish va barcha jamiyat a’zolarining hayotini yaxshilash maqsadida imkoniyatlardan teng foydalanishni ta’minlash uchun dalillarni safarbar qilamiz.
  2. Ushbu konferensiya asosida yanada shaffof, inklyuziv va samaraliroq siyosat ishlab chiqish uchun qatʼiy dalillarni topishda Markaziy Osiyo boʻylab fikr almashinuvlarini mustahkamlashga intilamiz.
  3. Biz ma’lumotlarni yaxshilab boramiz va dalillarga asoslangan siyosat ishlab chiqishni byudjetlashtirish, norasmiy bandlikni bartaraf etish, mehnat bozori siyosatida mehnat munosabatlarini mustahkamlash, mehnat migratsiyasini hisobga olish, mahalliy hokimiyat, davlat xaridlari va fuqarolarni jalb qilish tashabbuslari kabi boshqa tanlangan sohalarga integratsiya qilib boramiz.
  4. Biz maxfiylik va maʼlumotlarni himoya qilish protokollariga toʻliq rioya qilgan holda, davlat maʼlumotlari va dalillarining avvalboshdan ochiq va jamoatchilik foydalanishi uchun erkin boʻlishiga harakat qilamiz.
  5. Biz jamoatchilikning davlat ma’lumotlaridan foydalanishini ragʻbatlantiramiz, jamoatchilikni siyosatlarni ishlab chiqishga jalb qilamiz va mamlakatlarimizda dalillarga asoslangan siyosat haqida xabardorlikni oshirib boramiz.
  6. Hukumat siyosatlarida dalillarga asoslangan holda gender masalalarining hisobga olinishiga amal qilamiz.
  7. Biz maʼlumotlarga asoslangan siyosatni ilgari surish uchun yetarlicha resurslarni ajratishni qoʻllab-quvvatlaymiz.
  8. Biz davlat tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlarning amalga oshirilishi va resurslardan samarali foydalanilishini monitoring qilishga bag‘ishlangan tizimlarni yaratamiz.

 

Oldinga yol

 

Biz ushbu deklaratsiya va uning qoidalarini milliy statistika idoralarining salohiyatini oshirish, “Markaziy Osiyoni tinglash” tadqiqoti bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish, tadqiqotlarni olib borishga ko‘maklashish va ITSBning ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq yuqori sifatli ma’lumotlarni olish kabi muhim ustuvor vazifalarni hisobga olgan holda ilgari surish tarafdorimiz. Biz Jahon bankini ITSB doirasidagi hamkorlar bilan birgalikda ushbu deklaratsiyani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga