Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining investitsiya loyihalari to'g'risida ma'lumot

# Loyihaning nomi Loyiha muddati Loyiha qiymati Loyiha toʼgʼrisida qisqacha maʼlumot
1 Jahon bankining ijtimoiy himoya loyixasi 2019 – 2024 50 mln. АQSh doll. (kredit) Loyihada aholining yagona ijtimoiy reestrini yaratish orqali kam taʼminlanganlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlashning samarali dasturini malga oshirish, shuningdek, ishsizlar uchun barqaror ish oʼrinlaridan foydalanish uchun mehnat bozorida faol choralar koʼrish koʼzda tutilgan.
2 Osiyo Taraqqiyot Bankining zamonaviy iqtisodiyot uchun koʼnikmalarni rivojlantirish loyihasi 2021-2027 93 mln. АQSh doll. Loyihada mehnat bozori va kasb-hunar taʼlimi tizimi oʼrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, ishsizlar va yoshlar uchun kasb-hunar taʼlimi sifatini oshirish, kasb-hunar taʼlimi va ish bilan taʼminlash tizimini boshqarishni takomillashtirish boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish koʼzda tutilgan.
3 Farg‘ona vodiysida aholi malakasini pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga moslashtirish (BMTTD) 2021-2023 1,8 mln. AQSh doll. Loyiha Farg‘ona vodiysidagi imkoniyati cheklangan guruhlarning texnik va raqamli ko‘nikma va malakalarini oshirish orqali munosib ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan. NEET (Ta'lim, mehnat va kasb-hunarga bog'liq bo'lmagan) avloddan, xususan, yosh xotin qizlarni iqtisodiy ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, qulay muhit yaratish va o‘smirlarni o‘qitish orqali tadbirkorlik ko‘nikmalariga shakllantirish shuningdek, qulay shart-sharoitlar yaratish va o‘qitish orqali startaplar ekotizimini yaratish hamda davlat mehnat bozori dasturlari tarkibidagi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash, norasmiy iqtisodiyotda ish bilan band bo‘lganlar uchun yana-da yaxshi imkoniyatlar yaratish ularning taʼsirini oshirish va qamrab olish.
4 Oʼzbekistonda yoshlarning bandligini oshirishga koʼmaklashish (BMTТD) yanvar 2019 – dekabr 2021 1.0 mln. АQSh doll. Yoshlarni, ayniqsa kollej va universitet bitiruvchilari, yosh ayollar, qaytayotgan muhojirlar va himoyasiz guruhlar orasida ish bilan taʼminlashga koʼmaklashish, hukumatga bir qator tashabbuslar va faol mehnat bozori siyosatini amalga oshirishda yordam berish.
5 Fargʼona shahrida kasb-hunarga oʼqitish markazining tashkil etilishi. (KOICA) 2018 – 2021 9.3 mln. АQSh doll. - bozor talablariga javob beradigan oʼquv dasturini shakllantirish