Vazifa, ko'zlangan natija va qadriyatlar

Vazifa

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining vazifasi – bandlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish orqali aholi turmush darajasi va farovonligini oshirishga ko‘maklashish, mehnat munosabatlari va migratsiyasini tartiblash, ishsizlar, yoshlar, xotin-qizlar, nogironligi bor shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini ishga joylashtirish va kasbiy tayyorlash, mehnatni rag‘batlantirish, muhofazalash va kafolatlash mexanizmlarini takomillashtirish. 

Ko'zlangan natija

O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun munosib bandlik.

Qadriyatlar

  • Samaradorlik va aholiga xizmat;
  • O‘zgarishlarga tayyorlik;
  • Shaffoflik;
  • Mas'uliyatlilik;
  • Professionalizm;
  • Adolatlilik va insonparvarlik.