"O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash" loyihasi
Aholining kam ta'minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish va ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Jahon banki ishtirokida "Аholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash" loyihasini amalga oshirmoqda.
O'zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o'rtasida 2019 yil 19 iyuldagi 6446-UZ-sonli 50 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag'larini ajratish uchun moliyalashtirish shartnomasi imzolandi.
Loyiha Jahon banki vitse-prezidentining 2019 yil 18-19 iyul kunlari O'zbekistonga tashrifi chog'ida kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" hamda XTU/XTB bilan 2020-21 yillar uchun hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
Loyihani amalga oshirish muddati 5 yildan iborat. (2020-2024).
Loyiha qashshoq oilalarning mehnatga layoqatli ishsiz a'zolari, aholi bandligiga ko'maklashish markazlarida (ABKM) ro'yxatdan o'tgan ishsizlar va boshlang'ich tadbirkorlarga ko’maklashishga qaratilgan.
Ushbu loyiha uchta tarkibiy qismdan iborat:
I. Ijtimoiy yordam tizimini modernizatsiya qilish. Bunga:
a) yagona ijtimoiy reyestrni joriy etish va joylashtirish, shuningdek miliiy ijtimoiy reyestrga o'tish;
b) kam ta'minlangan oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar samaradorligini oshirish orqali ijtimoiy yordam tizimini mustahkamlashni qo'llab-quvvatlash;
c) pul nafaqasini to’lab berishdagi pilot loyihani ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashni qo'llab-quvvatlash;
d) ijtimoiy nafaqalar tizimining nazorati, hisobdorligi va shaffofligini oshirishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar kiradi.
II. Mehnat bozorini jonlantirishga qaratilgan dasturlarning samaradorligini oshirish, shu jumladan:
a) yangi biznesni boshlash uchun subsidiyalarni oluvchilarga, shuningdek ishsizlar uchun imtiyozli mikrokreditlar oluvchilarga o'z biznesining rentabelligi va muvaffaqiyatini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlari;
b) bandlik va tadbirkorlikni rag'batlantirishga, shuningdek ish beruvchilar va ishsizlarga subsidiyalar berish orqali ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan mehnat bozori dasturlarini amalga oshirishni moliyaviy qo'llab-quvvatlash;
c) yagona milliy mehnat tizimini (YMMT) takomillashtirish, shu jumladan milliy vakansiyalar platformasi bilan integratsiyalash, BMMV AT bo'limlari salohiyatini oshirish va ABKMlardagi AKT resurslarini modernizatsiya qilish;
d) ABKMlarga bandlikka ko’maklashish daturlari va xizmatlarini ko’rsatish uchun xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini qamrab olish, mehnat inspeksiyasini kuchaytirish, zamonaviy IT-texnologiyalaridan foydalangan holda xatolar va suiiste'molliklarni kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda texnik yordam ko’rsatish;
e) xizmat oluvchilarning profillashning va shaxsiy yondashuv metodologiyasining samarali vositalarini ishlab chiqish, ABKM xodimlari uchun muntazam treninglar.
III. Loyihani monitoring qilish va boshqarish, shu jumladan:
a) mehnat bozoridagi aralashuvlar monitoringini kuchaytirish, mavjud dasturlarning ta'sirini baholashda Mehnat vazirligi qoshidagi Respublika ilmiy markazining salohiyatini oshirish, malakali kadrlarga bo'lgan talabni o'rganish, mehnat organlarining ish jarayonlarini baholash, dasturlarning benefitsiarlari o’rganishga qaratilgan chora-tadbirlar;
b) loyihaning barcha uchta komponentlarining monitoringini o’tkazish va boshqarish bo’yicha tadbirlar.
Hujjatlar:
- QIZIQISH BILDIRGAN TOMONLAR BILAN HAMKORLIK REJASI
- IJTIMOIY BAHOLASH VA IJTIMOIY BOSHQARUV REJASI
- MEHNAT MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISH JARAYONLARI
O'zlashtirilgan mablag'lar:
Loyiha bo'yicha o'zlashtirilgan mablag'lar (9.12.2021)
Erishilgan natijalar: