Monomarkaz

RASMIY E’LON

Yaponiyada ishlashni istovchilar uchun yangi imkoniyat

📌Mamlakatimizda Yaponiya davlatida xavfsiz va tashkillashtirilgan tarzda ishlashni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4829-sonli Qarori asosida tashkil topgan “Ishga marhamat” Monomarkazi bazasidagi “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazi Yaponiyada ishlashni xohlovchilar uchun "Yapon tili" (JFT-Basic) va "Maxsus kasbiy malaka" (Tokutei Ginou) testlariga tayyorlov kurslari boshlanishini e’lon qiladi.

📌Xohlovchilar Yaponiya qonunchiligi talabiga binoan 6 oy mobaynida yapon tili bilan birga kasbiy malakaga o‘rgatiladi.

📌O‘qishni muvaffaqiyatli bitirganlar Yaponiya tomonidan O‘zbekistonda tashkil etiladigan Yapon tili “JFT Basic” va “Tokutey Ginou” (qariyalar boquvchisi, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohasi) testlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

📌 Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar "Yaponiyada ishlash huquqiga ega malakali mutaxassislar bazasiga" kiritiladilar va ish beruvchilar tomonidan o‘tkaziladigan suhbat tanlovida qatnasha oladilar.

📌 "TOKUTEI GINOU" testlarini topshirish Yaponiyada Tokutey Ginou ishchi vizasi bo‘yicha ishlash dasturining ajralmas jarayoni hisoblanadi va mazkur testdan o‘tgandan keyingina kasbiy malakasi bo‘yicha Yaponiyada ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.

📌Darslar 16 noyabr kunidan boshlanadi va 5, 6, 9, 10, 11, 12 noyabr kunlarigacha hujjatlar qabul qilinadi.

📌 Hujjatlarni Markazga murojaat qilgan holda, shuningdek onlayn topshirish imkoniyati mavjud.

📌 Onlayn shartnomani qabul qilish va onlayn to‘lovni amalga oshirish quyidagi havola orqali : https://forms.gle/b7BFAb4Z3P6YrGuJ8

📌Talab qilinadigan hujjatlar quyidagicha:

1) Pasport nusxasi

2) To‘lovni tasdiqlovchi hujjat

📌O‘qish muddati: 2-semestr (3x3 oy/umumiy 6 oy)

📌To‘lov: 1-semestr uchun (3 oy uchun) 1.458.000 so‘m

👉Bank orqali to‘lov uchun rekvizitlarni yuklab oling: https://bit.ly/3eqmsy5

👉Onlayn to‘lovni amalga oshirish uchun, quyidagi havola orqali o‘ting: https://payme.uz/fallback/merchant/?id=5fa13f5a8b38a19f0b39957c

❗️Darslar haftasiga 5 marta va O‘zbek va Yapon mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi.

Muhim eslatma: Mazkur “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazi sizni Yaponiyaga ishlay oladigan "Malakali mutaxassis sertifikati"ga ega bo‘lishingiz uchun ko‘mak beruvchi o‘quv muassasasi bo‘lib, sizni Yaponiyaga ishga jo‘natish kafolatini o‘z zimmasiga olmaydi.

Murojat uchun telefon: +(998) 71 207 69 00

fikr almashish: