Brifing va matbuot anjumanlari



 
❗️Bugun,  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi bosh Davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyazmetova ishtirokida brifing o‘tkaziladi
 
🕓 Vaqti: 12:00
 
🔖 Mavzu: Paxta yig‘im-terim mavsumida majburiy mehnatga qarshi kurashish va munosib mehnat sharoiti yaratish borasidagi ishlar

📍Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi bosh Davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyazmetova ishtirokidagi brifing tafsilotlari "Yangiliklar 24" dasturida.



Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Munosib mehnat sharoitlarini yaratish-ish beruvchilarning majburiyati" mavzusida matbuot anjumani boshlandi. Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov ishtirok etmoqda.




Bugun soat 16:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida tashkil etiladigan brifingda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘tkazilayotgan imtihonlar yuzasidan ma’lumot beradi.


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi, vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mavjudaxon Mirzayeva ishtirokida brifing.

🔖 Mavzu: 2022-yilning 6 oyi davomida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar