Axborot olish uchun so‘rovlar

Аxborot olish uchun so‘rovlarni ko‘rib chiqish tartibi

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 may, O‘RQ-369-sonli «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan:

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rov (bundan buyon matnda so‘rov deb yuritiladi) axborotdan foydalanuvchining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etish haqida ushbu organlarga va (yoki) ularning mansabdor shaxslariga yo‘llanadigan og‘zaki yoki yozma shakldagi (shu jumladan elektron hujjat shaklidagi) talabidir.

Axborotdan foydalanuvchining so‘rovi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. Ommaviy axborot vositasining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘pi bilan etti kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.

Elektron axborot - so'rov yuborish uchun info@mehnat.uz manzilga so‘rov yuborish lozim

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida
so‘rovni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi

Axborotdan foydalanuvchining so‘rovi yozma, og‘zaki va elektron ko‘rinishda qabul qilinadi. Axborotdan foydalanuvchining so‘rovi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n besh
kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. Ommaviy axborot vositasining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor
shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘pi bilan yetti kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. Rasmiy nashrlarda, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan (chop etilgan) yoxud rasmiy veb-saytda joylashtirilgan axborot so‘ralganda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi so‘rovga
beriladigan javobda so‘ralayotgan axborot e’lon qilingan (chop etilgan) rasmiy nashrning, ommaviy axborot vositasining nomi, chiqarilish sanasi hamda raqamini va (yoki) so‘ralayotgan axborot
joylashtirilgan rasmiy veb-sayt elektron manzilini ko‘rsatgan holda havola berishi mumkin. Agar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan qabul qilingan olingan so‘rov bo‘yicha
davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari vakolatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lmasa, axborotdan foydalanuvchiga so‘rov ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch ish kuni
ichida tegishli javob yuboriladi. So‘rov rad etilgan taqdirda axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.


Fuqarolarning davlat ma’lumotlari va axborotlaridan foydalanish yuzasidan huquqlari bo‘yicha ma’lumot Fuqarolarning ma’lumotlar va axborotlar olish huquqlari belgilangan qonun hujjatlari:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi https://lex.uz/docs/20596;
2. “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi O‘zbekistonRespublikasi Qonuni https://lex.uz/docs/1319;
3. “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (https://lex.uz/docs/52268);
4. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (https://lex.uz/docs/2381133)va boshqa qonun hujjatlari. Dastlab “axborot” tushunchasiga ta’rif berib o‘tsak. Qonunchilikda belgilanishicha “axborot bu — manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar” (https://lex.uz/docs/52268). Demak, axborot deganda butun dunyoda mavjud bo‘lgan barcha narsalar, xususan shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tushunishimiz mumkin. Fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu moddaga muvofiq, har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Davlat har kimning axborotni izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqini himoya qiladi (https://lex.uz/docs/52268). Axborot olish uchun qanday murojaat qilish kerak? Har kim axborot olish uchun bevosita yoxud o‘z vakillari orqali og‘zaki, yozma shakldagi, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shakldagi so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega (https://lex.uz/docs/52268). Davlat organlari fuqarolarning axborot olish huquqini ta’minlashi kerakmi? Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yo‘li bilan ta’minlanadi https://lex.uz/docs/1319. Axborot olish qachon cheklanishi mumkinmi? Amaldagini qonunchilikka ko‘ra, axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin (https://lex.uz/docs/52268). Axborotning ochiqligi va oshkoraligi qanday belgilanadi? Axborot ochiq va oshkora bo‘lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno. Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi: 1) fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari; 2) ekologik, meteorologik, demografik, sanitariyaepidemiologik, favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish ob’ektlari va kommunikatsiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar; 3) axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy arxivlarning va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar (https://lex.uz/docs/52268). Axborot berishni noqonuniy rad etganlik uchun qanday choralar ko‘riladi? Axborot berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar, shuningdek o‘z so‘roviga haqqoniy bo‘lmagan axborot olgan shaxslar o‘zlariga еtkazilgan moddiy zararning o‘rni qonunda belgilangan tartibda qoplanishi yoki ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi huquqiga ega (https://lex.uz/docs/52268).