Vazir Nozim Xusanov Namangan viloyati Norin tumanida tashkil etilayotgan kooperativlar faoliyati bilan tanishdi

26.02.2021

Dastlab, tumandagi “Soy bo‘yi” MFYda joylashgan tikuvchilik yo‘nalishidagi “Aliboyeva Odina” ishlab-chiqarish kooperativi ko‘zdan kechirildi. Bundan tashqari “Soy bo‘yi” MFYdagi “Norin broyler” nomli hamda “Kemaboshi” MFYdagi parrandachilikka ixtisoslashgan xo‘jalik rahbarlari bilan suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligiga ko‘maklashish masalalariga doir kerakli tushuncha va maslahatlar berildi.

Shuningdek, o'rganishlar davomida “Toshqin” MFYdagi fuqaro Z.Abdullayev tomonidan quyonchilik yo‘nalishida faoliyat boshlayotgan kooperativda amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishilib, sohani rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Keyingi manzil esa tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabi bo‘lib, u yerdagi tadbirkorlar bilan ham suhbat olib borilib, yangi ish o‘rinlarini yaratish yuzasidan vazifalar belgilandi.