Vazir Behzod Musayev ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

25.03.2023

Vazir Behzod Musayev ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatidan kelgan, shuningdek, hududlardan onlayn qatnashgan 10 nafarga yaqin fuqaroning bandligini ta’minlash, mehnat huquqining buzilishi, mehnat migratsiyasi, subsidiya va ishsizlik nafaqasi ajratish masalalari yuzasidan muammolari ko‘rib chiqildi.

Barcha murojaatlar bo‘yicha joyida mas’ullarga topshiriq berilib, hal etish choralari ko‘rildi.