O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRI NOZIM XUSANOV URGANCH SHAHAR KASB-HUNARGA O‘QITISH MARKAZI BINOSIDA OLIB BORILAYOTGAN REKONSTRUKSIYA ISHLARI BILAN TANISHDI.

16.10.2020

Vazirlik tasarrufiga o‘tkazilgan ushbu muassasa negizida “Ishga marhamat” monomarkazi tashkil etiladi. Ushbu markazning yillik quvvati 2500 kishi bo‘lib, unda o‘rtacha 3 oyga mo‘ljallangan 26ta yo‘nalishda o‘quv kurslari tashkil etiladi, Xozirda markazning qurilish-rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.