O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi bilan Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

24.09.2020

Joriy yilning 23-sentabr sanasida, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi bilan Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum orqali, tomonlar o‘zlarining vakolatlari doirasida hurmat va o‘zaro tenglik asosida ikki tomonlama manfaatli ijtimoiy-huquqiy hamkorlikni qo‘llab quvvatlashga va rivojlantirishga kelishib oldilar.

Ushbu memorandumdan asosiy ko‘zlangan maqsad:

 xorijda ta'lim olib qaytayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlashga oid loyihalarni amalga oshirish;

xorijda ta'lim olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquqlarini himoya qilish;

xorijda ta'lim olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarni huquqiy himoya qilish yuzasidan tajriba almashish;

 o‘zaro kelishilgan ishchi dasturlar bo‘yicha konferensiyalar amalga oshirish.