O‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini tozalash-qurilish ishlariga jalb qilish holatlari tekshirilmoqda

18.07.2019

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Buxoro davlat universiteti hududida va Farg‘ona viloyati Мarg'ilon shahrida o‘qituvchilarning tozalash-qurilish ishlariga jalb etilgani, shuningdek, Jizzax viloyati Zomin tumanida tibbiyot xodimlarining magistral yo‘lda tozalash ishlariga majburiy olib chiqilganligi holatlarini nazoratga olganligini ma'lum qiladi.

Ushbu holatlar yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tekshiruv ishlarini o‘tkazmoqda.

Tekshiruv natijalari bo‘yicha batafsil ma'lumot beriladi.