“Oila muqaddas dargoh” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

14.05.2020

Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi shuningdek uning hududiy boshqarmalari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida “Oila muqaddas dargoh” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

photo_2020-05-14_20-57-49 (4)

Unda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bo‘lim boshliqlari Feruza Akromova, Inobat Karimova hamda Respublika “Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxamedova va vazirlikning markaziy apparati xodimlari, hududiy bosh boshqarma xodimlari ishtirok etdi.

photo_2020-05-14_20-57-48 (2)

Respublikamizda aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilalar manfaatlarini himoya qilish, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” konseptual g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va an'anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

photo_2020-05-14_20-57-49 (2)

O‘tkazilgan tadbir ham ana shunday konseptual g‘oyalarni ayni vazirlik tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida ham keng joriy etilishi uchun zamin yaratdi.

photo_2020-05-14_20-57-49 (3)

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan butun dunyoda 15-may kunini “Xalqaro Oila kuni” sifatida nishonlanishi e'lon qilingan.