"Sabr" ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda xayrli tadbir o'tkazildi

14.09.2021

"Hayat Regency" mehmonxonasida "Sabr" ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish markazi bilan hamkorlikdagi xayrli tadbirda vazirning birinchi o'rinbosari Erkin Muxitdinov 14 nafar turli nominatsiyalar bo'yicha g'olib bo'lgan ayollarni maxsus texnika vositalari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirladi.

 Bundan maqsad ayollar o'rtasida ustoz-shogird an'anasi asosida ishbilarmonlikni targ'ib qilayotgan tadbirkor xotin-qizlarni qo'llab quvvatlashdir.