"Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ta'lim va mehnat bozori hamkorligi" mavzusida xalqaro seminar o'tkazilmoqda

16.09.2021

Bugun poytaxtimizdagi "WYNDHAM TASHKENT" mehmonxonasida "Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ta'lim va mehnat bozori hamkorligi" mavzusida xalqaro seminar bo'lib o'tdi.

Unda 50 dan ortiq vazirlik va idoralar rahbarlari, mutaxassislari hamda mamlakatimizdagi ta'lim sohasi bo'yicha faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlarning ekspertlari qatnashmoqda.

Tadbirda vazir Nozim Xusanov aholi bandligi, mehnat munosabatlari, xususan majburiy va bolalar mehnatini oldini olish hamda fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar xususida o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.