“QASHQADARYO – “Gohida boshligʻimining hovlisini ham tozalaymiz...” sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy munosabat

18.01.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda “QASHQADARYO – “Gohida boshligʻimining hovlisini ham tozalaymiz...” mazmunidagi xabar https://t.me/sizdantelegram/38365 tarqalgan.

Mazkur vaziyat Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari tomonidan oʻrganilib, har bir xodim bilan alohida suhbatlar oʻtkazildi. Murojaatdagi fotosuratlarda koʻrsatilgan bino Koson tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasiga tegishli maʼmuriy bino ekanligi maʼlum boʻldi.

Aniqlandiki, Qashqadaryo viloyatidagi Koson tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasida majburiy mehnat yoki boshqa qonun buzilish holatlari haqidagi xabarlar oʻz tasdigʻini topmadi.