Namangan viloyatida majburiy paxta terimiga jalb qilish holatlari boyicha xabar o'z tastig'ini topmadi.

04.10.2022

Namangandagi bozorlarda majburiy paxtaga jalb qilish holatlari kuzatilayotgani, ayniqsa, Lola jahon bozoridagi savdo do‘konlariga bozor xodimlari kirib, yoki 15 kun paxtaga chiqasan, yoki 15 kunlik pulini bersang, odam yollaymiz deyishayotgani qayd etilgan.

Mazkur maqola yuzasidan Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o'rganish o'tkazildi va ijtimoiy tarmoqda qayd etilgan holatlar o'z tasdig'ini topmadi.

Namangan viloyatida majburiy paxtaga jalb qilish holatlari boyicha xabar o'z tastig'ini topmadi.