AQSH elchisi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida bo‘ldi

15.10.2019

2019 yil 15 oktyabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblum bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda AQSh elchisi bilan birga, elchixonaning ikkinchi kotibi Brandon Shervud hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi vazirlik mas'ullari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida AQSh elchisiga majburiy mehnatga barham berish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha O‘zbekistonda so‘nggi davrda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.

usa1

O‘z navbatida, Deniel Rozenblum O‘zbekistonning mehnat muhofazasi yo‘lida olib borayotgan sa'y-harakatlarini e'tirof etib, bu borada har tomonlama hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Xususan, AQSh elchisi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan AQSh Mehnat departamentiga yuborilgan hamkorlik memorandumi loyihasining ko‘rib chiqilish jarayonlarida ko‘maklashishini ma'lum qildi.

usa3

usa2

Shuningdek, vazir Nozim Xusanov malaka oshirish uchun O‘zbekistondan AQSh korxonalariga stajerlarni yuborish va shu orqali xorij tajribasini o‘rganish taklifini kiritdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mehnat sohasi bo‘yicha faol hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash va o‘zaro ma'lumot almashib borishga kelishdilar.

usa4