Andijon viloyatidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat

26.07.2021

Ijtimoiy tarmoq orqali “Tibbiyot xodimlari: Ishdan tashqari navbatchilik uchun haq to‘lab berilishini so‘raymiz” sarlavhasi ostida chiqarilgan maqola bo‘yicha Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida, Andijon viloyati perinatal markazi tibbiyot xodimlari ish vaqtidan tashqari vaqtda ishga jalb qilinganligi hamda ushbu davr uchun qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yganligi sababli, perinatal markazi rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.