Mehnat inspeksiyasi
Ijtimoiy tarmoqda “Chilonzor tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari dam olish kuniga qaramasdan majburiy ishga chaqirtirilib, hashar qildirilgani aytilmoqda” mazmunidagi xabar https://t.me/adolat_kuychisi/2749 tarqalgan.
Vazirlik Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari ushbu vaziyatni o‘rganish jarayonida markaz xodimlari dam olish kuni ishga jalb etilgani, biroq ularga ikki hissa maosh to‘lanishi yoki otgul berilishi to‘g‘risidagi hech qanday buyruq rasmiylashtirilmaganligini aniqladi.
Mazkur holatda Mehnat kodeksining 157-moddasi talablari buzilgan, shu sababli markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi.
- Mehnat va mehnatga haq to'lash
- Bandlik
- Mehnat muhofazasi
- Mehnat inspeksiyasi
- Mehnat migratsiyasi
- Kasbga o'qitish va qayta tayyorlash
- Davlat tomonidan tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash
- Paxta terish paytida majburiy mehnat uchun jarimaga tortilgan amaldorlar ro'yxati
- Tekshirish va nazorat tadbirlari vaqti
- Ходимларга берилган малака сертификатлар руйхати