Bugun Buxoro viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi mas'ullari ishtirokida brifing o‘tkazildi.

12.01.2023

Bugun Buxoro viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi mas'ullari ishtirokida brifing o‘tkazildi.

🎥 Brifingni rasmiy sahifalarimizda tomosha qiling!

📎 Mavzu: Аrmiуаdа xizmatni o'tagan fuqarolarni ish bilan ta'minlash tizimining samaradorligi.

2022 yilda “Armiyada xizmatni o‘tagan fuqarolarni ish bilan ta’minlash tizimining samaradorligi”
yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-iyundagi “Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risida”gi 339-son qarori bilan asosiy vazifalar belgilab berildi.

Mazkur qarorga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar tarkibi tasdiqlangan.

Hududiy kommisiyalar tomonidan tegishli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasiga muvofiq 2022 yilda muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan shaxslarni bandligiga ko‘maklashish maqsadida tuman (shahar) hokimlarining tegishli qarorlariga asosan 20 nafardan ortiq xodim ishlovchi korxona, tashkilotlarda harbiy xizmatdan qaytgan xizmatchilar uchun 231 nafar ish o‘rinlari zaxiralangan va ushbu ish o‘rinlariga
130 nafar muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan shaxslar ishga joylashtirilgan.

Bandlik boshqarmasi va tuman (shahar) hokimliklar bilan hamkorlikda hududiy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab qaytgan shaxslarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, ularni tadbirkorlik faoliyati boshlashlari uchun subsidiya mablag‘lari berish yuzasidan amaliy choralar doimiy ravishda ko‘rib borilmoqda.

2022 yilda viloyat bo‘yicha 796 nafar fuqarolar muddatli harbiy xizmatni o‘tab zaxiraga bo‘shatilgan. Shundan 68 nafari harbiy qismda xizmatni davom ettirish uchun qolgan bo‘lib, 739 nafarining bandligini ta’minlash uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Jami 518 nafarining bandligi ta’minlangan bo‘lib, shundan;
-190 nafari korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirilgan,

- 53 nafari Huquqni muhofaza qilish organlariga ishga qabul qilingan,

- 8 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan,

- 2 nafariga subsidiya ajratilgan,

- 48 nafari o‘zini-o‘zi band qilgan,

- 156 nafari oliy va 56 nafari harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan,

- 5 nafari fuqarolar talab yuqori bo‘lgan kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish orqali bandligiga ko‘maklashilgan.

Shuningdek 221 nafar harbiy xizmatdan qaytganlarning

55 nafari (xizmat ko‘rsatish bo‘yicha),

28 nafari (qurilish ishlari bo‘yicha),

10 nafari (savdo yo‘nalishi bo‘yicha),

139 nafari (boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha) tashkil etadi.

Jumladan;

Mehnat vazirligi va Mudofaa vazirligi o‘rtasida Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab qaytgan shaxslarning elektron ro‘yxatlari shakllantirilib, ma’lumot almashish tizimi raqamlashtirilgan;

Tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida Mudofaa vazirligining hududiy bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan manzilli ro‘yxatlarga asosan, ularning bandligini ta’minlashda alohida funksional joriy etilgan.

Bunda, bandligi ta’minlangan shaxslarni monitoring qilishning shaffof tizimi yaratilgan;

Har chorak yakuni bo‘yicha ushbu toifadagi shaxslarning bandlik holati “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.