1 |
Jahon bankining ijtimoiy himoya loyixasi |
2019 – 2024 |
50 mln. АQSh doll. (kredit) |
Loyihada aholining yagona ijtimoiy reestrini yaratish orqali kam taʼminlanganlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlashning samarali dasturini malga oshirish, shuningdek, ishsizlar uchun barqaror ish oʼrinlaridan foydalanish uchun mehnat bozorida faol choralar koʼrish koʼzda tutilgan. |
2 |
Osiyo Taraqqiyot Bankining zamonaviy iqtisodiyot uchun koʼnikmalarni rivojlantirish loyihasi |
2021-2027 |
93 mln. АQSh doll. |
Loyihada mehnat bozori va kasb-hunar taʼlimi tizimi oʼrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, ishsizlar va yoshlar uchun kasb-hunar taʼlimi sifatini oshirish, kasb-hunar taʼlimi va ish bilan taʼminlash tizimini boshqarishni takomillashtirish boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish koʼzda tutilgan. |
3 |
Farg‘ona vodiysida aholi malakasini pandemiyadan keyingi iqtisodiyotga moslashtirish (BMTTD) |
2021-2023 |
1,8 mln. AQSh doll. |
Loyiha Farg‘ona vodiysidagi imkoniyati cheklangan guruhlarning texnik va raqamli ko‘nikma va malakalarini oshirish orqali munosib ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan. NEET (Ta'lim, mehnat va kasb-hunarga bog'liq bo'lmagan) avloddan, xususan, yosh xotin qizlarni iqtisodiy ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, qulay muhit yaratish va o‘smirlarni o‘qitish orqali tadbirkorlik ko‘nikmalariga shakllantirish shuningdek, qulay shart-sharoitlar yaratish va o‘qitish orqali startaplar ekotizimini yaratish hamda davlat mehnat bozori dasturlari tarkibidagi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash, norasmiy iqtisodiyotda ish bilan band bo‘lganlar uchun yana-da yaxshi imkoniyatlar yaratish ularning taʼsirini oshirish va qamrab olish. |
4 |
Oʼzbekistonda yoshlarning bandligini oshirishga koʼmaklashish (BMTТD) |
yanvar 2019 – dekabr 2021 |
1.0 mln. АQSh doll. |
Yoshlarni, ayniqsa kollej va universitet bitiruvchilari, yosh ayollar, qaytayotgan muhojirlar va himoyasiz guruhlar orasida ish bilan taʼminlashga koʼmaklashish, hukumatga bir qator tashabbuslar va faol mehnat bozori siyosatini amalga oshirishda yordam berish. |
5 |
Fargʼona shahrida kasb-hunarga oʼqitish markazining tashkil etilishi. (KOICA) |
2018 – 2021 |
9.3 mln. АQSh doll. |
- bozor talablariga javob beradigan oʼquv dasturini shakllantirish |