Navoiydan xabarlar

25.03.2022

Gulnoz Muxammadiyeva “Golden lift” MCHJda oshpaz lavozimida ishlagan. 2021-yil dekabr oyida asossiz ravishda ishdan bo‘shatilgan. Navoiy viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi yordami bilan 2022-yil 18-mart kuni qayta o‘z o‘rniga tiklangan. Ayni paytda viloyatda noqonuniy ishdan bo‘shatish, o‘z vaqtida ish haqini ololmagan fuqarolarga yordam berish davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu haqida kelgusi xabarlarimizda tanishasiz.