Andijon shahridagi 6-sonli umumiy o‘rta maktab o‘qituvchilarining erkaklar jamoasi mas’ul rahbarlar tazyiqi ostida

10.08.2022

Andijon shahridagi 6-sonli umumiy o‘rta maktab o‘qituvchilarining erkaklar jamoasi mas’ul rahbarlar tazyiqi ostida obodonlashtirish hamda ta’mirlash ishlariga majburan jalb etilayotganiga e’tiroz bildirilgan. (Maktab o‘qituvchilari maktab bilan bog‘cha o‘rtasidagi buzilgan devorni ichidan g‘ishtlarni terib, ajratib olishayotgani foto xabarda aks etgan).
https://t.me/Soyadagi/2291

2022 yil 5 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Andijon shahar 6-sonli umumiy o‘rta maktab o‘qituvchilarini erkak kontingenti majburiy mehnatda” sarlavhasi ostida berilgan maqola Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida, maktab xodimlari o‘rtasida suhbatlar o‘tkazilib, tushuntirish xatlari olinganda majburiy mehnat holatlari aniqlanmadi.