Pandemiya davrida Oʻzbekistonning mehnat bozori boʻyicha tashabbuslari

24.09.2020

Toshkent – Chorshanba kuni 2020-yil 23-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikda "COVID-19 pandemiyasi davrida Oʻzbekistonda samarali bandlik va munosib mehnatni ragʻbatlantirish" mavzusida Xalqaro onlayn-konferensiya boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Mehnat vaziri Nozim Xusanov COVID-19 ning mamlakatning mehnat bozoriga ta'siri va aholini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan sa'y-harakatlari to'g'risidagi hisobot natijalarini e'lon qildi. Hisobot vazirlikning rasmiy veb-saytiga yuklanadi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov va XMT Bosh direktorining yordamchisi, XMTning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy byurosi direktori Xaynts Koller ozining samimiy chiqishlari bilan Toshkent va Jenevadan turib onlayn konferensiyani ochdilar. 

 photo_2020-09-24_14-54-15

Xaynts Kollerning ta'kidlashicha, COVID-19 inqirozi natijasida Evropaning aksariyat mamlakatlari retsessiyada. "Biz mehnat bozorida pasayishni koʻrmoqdamiz" – dedi u. «Xususan, butun dunyo global ish vaqti 17,3 foizga kamaydi, bu 495 million doimiy ish oʻrniga toʻgʻri keladi. Oʻrtacha daromadli mamlakatlarda esa bu koʻrsatkich 23,3%ni tashkil qiladi. Ish vaqtining qisqartirilishi 3,5 trln. dollar mehnat daromadlarining yoʻqolishiga olib keldi".

 XMT Bosh direktorining yordamchisi Oʻzbekistonda inqirozga qarshi qabul qilingan choralar samaradorligini va Xalqaro mehnat tashkilotining ushbu jarayonlarda, shu jumladan bandlikni baholash dasturlarida, mehnat bozorini keyinchalik tiklash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etishini alohida ta'kidladi.

«Nisbatan cheklangan holatlarga qaramay - taxminan 34 million aholidan 51 800 holat – Oʻzbekiston ham COVID-19dan himoyalanmaganligini, ayniqsa iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga salbiy ta’sir qilganligini dalilidir. Hukumat va ijtimoiy sheriklar salbiy tendentsiyani oldini olish uchun bir qator iqtisodiy va ijtimoiy choralarni koʻrish uchun katta sa'y-harakatlarni amalga oshirdilar. Sentyabr oyi boshida Hukumat 2020-2021-yillarda iqtisodiy tiklanishni jadallashtirishga qaratilgan yana bir qator chora-tadbirlarni qabul qildi - xususan, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo'llab-quvvatlash borasida», – dedi janob Koller. 

 photo_2020-09-24_14-54-17

Iyun oyida oʻtkazilgan Oʻzbekiston mehnat resurslari tadqiqotiga ko’ra, pandemiyaning iqtisodiyotga boʻlgan ta'siri natijasida ishsizlik ham ko'paygan. Mehnat vazirligining ma'lumotlariga koʻra, O'zbekistondagi jami ishchi kuchi 19 million kishini tashkil etadi, ularning 5,11 millioni norasmiy ravishda ish bilan ta'minlangan, 2 millionga yaqini esa mehnat migratsiyasida va chet elda ishlaydi.

 Mehnat vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muxitdinov ta'kidlaganidek, "Mehnat vazirligining COVID-19 tarqalishi natijasi oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy inqirozga qarshi choralari koʻlami misli ko'rilmagan edi."Qabul qilingan choralar va vositalar COVID-19ning iqtisodiy oqibatlarini yumshatishga, mehnat bozorining barqaror va tezkor tiklanishiga ko'maklashishga va inqirozdan keyingi davrda Oʻzbekistonda samarali bandlik va munosib ish bilan ta'minlash boʻyicha keyingi harakatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Koronavirus bilan bog'liq muammolarga javoban Vazirlik 4 ta ustuvor yo'nalish yoki choralarni belgilab oldi:

- Ishchilarni himoyalash: ishchilarning huquqlarini himoya qilish va ish joyida virus tarqalishini cheklash;

- Ish oʻrinlari va daromadlarni qoʻllab-quvvatlash: korxonalarni qoʻllab-quvvatlash, ishchi kuchiga talabni rag'batlantirish va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish;

- Yangi sharoitlar yaratish: Grantlar, subsidiyalar ajratish, oʻqitish va jamoat ishlarida vaqtincha ish bilan ta'minlash;

- Ijtimoiy muloqotni mustahkamlash: jamoatchilik ishonchini oshirish, inqirozdan chiqish choralarini qo'llab-quvvatlash.

Ushbu yoʻnalishlarning har birida amalga oshirilgan dasturlar hisobotda batafsil tasvirlangan. 2020-yilning sakkiz oyi davomida mamlakat bo'ylab deyarli 826 ming fuqarolarning bandligi ta'minlandi.

Aholining ish bilan ta'minlanishi, daromadlari oʻsishi uchun ilgari mavjud bo'lgan barcha vositalar faollashtirilganligi va mehnat bozorida COVID-19 tarqalishining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan faol dasturlarning yangi amaliyotlari joriy etilganligi ta'kidlandi.

 Bandlikka koʻmaklashish markazlari yo'nalishlari bo'yicha doimiy ish joylariga 198,9 ming fuqaro ish bilan ta'minlandi. Pandemiya paytida ish joylarini saqlab qolish uchun o'z xodimlarini o'qitish maqsadida 206 ta kompaniya 6,1 milliard so'm miqdorida subsidiya oldi. Birinchi yarim yillikda yangi buyurtma bo'yicha 37 ming ishsiz fuqaro nafaqa oldi.

Jamoat ishlari turlari 8 dan 20 gacha kengaytirildi. Quyidagi ish turlari joriy qilindi: dezinfeksiya ishlari, sanitariya va obodonlashtirish; asosiy infratuzilmani qurish va yangilash; aholining zaif qatlamlari (faxriylar va qariyalar) ga gʻamxoʻrlik qilish. Ushbu maqsadlar uchun Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasidan Vaqtinchalik bandlik Jamoat ishlari fondi uchun qoʻshimcha 250 milliard soʻm (25 million AQSh dollari) ajratildi.

Umuman olganda, 2020-yilning sakkiz oyida pullik jamoat ishlari 479 492 kishini vaqtincha ish bilan ta'minladi.

Uy-joy uchastkalarini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi kooperativlarini yaratish uchun kam ta'minlangan oilalarni subsidiyalash mexanizmi ishlab chiqildi. Xitoy tajribasi asosida mamalakatimizda 18,2 ming kishi, shu jumladan 6,7 ming ayollar va 7,6 ming yoshlar orasida ishsizlar, kam ta'minlangan va kambagʻal oilalar a'zolari 8,6 ming gektar maydonda tashkil etilgan 389 kooperativga biriktirildi va ularga kooperativlarning ustav kapitalidagi ulush sifatida 41,7 milliard so'mlik subsidiyalar ajratildi.

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan oʻtishni istagan jismoniy shaxslarga oʻqitish imkoniyatlari va tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tish, boshlang'ich kreditni sug'urtalash bo'yicha xarajatlarni qoplash uchun 2,2 million so'm miqdorida subsidiyalar berildi.

Joriy yilning sakkiz oyi davomida deyarli 3,6 ming yangi tadbirkorlar roʻyxatdan oʻtkazildi, shu jumladan 1,4 ming ayollar va 1,3 ming yoshlar tashkil etib, ularga 801,6 million so'mlik subsidiyalar ajratildi.

92 ish beruvchiga 261 nafar ijtimoiy ehtiyojmand odam, shu jumladan belgilangan kvotadan tashqari 175 nafar ayollar va 146 nafar yoshlarni ish bilan ta'minlash va oylik ish haqini toʻlash uchun 635,3 million so'mlik subsidiya ajratildi.
     Mehnat vazirligi "Sabr" nodavlat notijorat tashkiloti bilan birgalikda ayollarni tadbirkorlik ko'nikmalariga oʻrgatish bo'yicha maxsus dasturni amalga oshirmoqda. Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Surxondaryoda 2000dan ortiq ayollar kasbga oʻqitildi. Bu yil dastur respublikaning boshqa hududlarida ham boshlanadi.

19 mingdan ortiq ishsizlar, shu jumladan 13,5 mingdan ortiq ayollar mintaqaviy mehnat organlari yo'llanmalari bo'yicha o'qitildi, qayta tayyorlandi va qayta kvalifikatsiyadan o`tkazildi.
     Pandemiya sababli chet elda qiyin ahvolga tushib qolgan ishsiz mehnat muhojirlarining murojaatlariga tezkorlik bilan javob qaytarish uchun qayta aloqa mexanizmlari yaratilib, "birgamiz.com" va "anketa.migration.uz" saytlari, aloqa markazi va telegramm-kanal ishga tushirildi.

Chet elda ishlashga ketolmagan 158,9 ming fuqaroning ish bilan bandligini ta'minlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatildi, shundan 87 ming nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan bo'lib, ularga 27,6 milliard soʻm to'langan. 

 photo_2020-09-24_14-54-18

Onlayn konferensiyada moderatorlik qilgan Pitsburg universiteti professori Jennifer Murtazashvili mehnat vaziridan inqirozga qarshi choralarning asosiy natijalari to'g'risida savol yo’lladi. Nozim Xusanovning ta'kidlashicha, pandemiyaga qarshi tezkor choralar ko'rish zarurligi vazirlikning bandlikka ko'maklashish va O'zbekistonning barcha fuqarolari uchun munosib mehnat sharoitlarini ta'minlash bo'yicha  o'rta muddatli va istiqbolli maqsadlarining ahamiyatini kamaytirmaydi.

Vazirlikning rejalari quyidagilardan iborat:

Birinchidan, COVID-19 inqirozi davomida olingan saboqlar Mehnat vazirligining O'zbekistonda ish bilan ta'minlashning milliy strategiyasini ishlab chiqish bo'yicha keyingi faoliyati uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bu mamlakatda amalga oshirilgan barcha sa'y-harakatlarni birlashtirish va ularni 2030 yilgacha uzoq muddatli xususiyatga ega siyosiy hujjatga aylantirishdir.

Ikkinchidan, bandlik xizmatlari salohiyatini mustahkamlash, mehnat resurslariga bo'lgan talabni rag'batlantirish uchun qo'shimcha vositalarni joriy etish, shuningdek, Bandlikka ko’maklashish markazi xizmatlarini raqamlashtirish bo'yicha tizimli ishlar davom ettiriladi.

Uchinchidan, 2021-yil yanvariga qadar ishsizlarni ish bilan ta'minlash istiqbollarini yaxshilash maqsadida mamlakatning har bir mintaqasida "Ishga marhamat" monomarkazning 13 ta filiali ishga tushiriladi.

Toʻrtinchidan, O'zbekiston hukumati xavfsiz, uyushgan mehnat migratsiyasini rag'batlantirish bo'yicha samarali choralarni amalga oshirishda davom etadi. 2021-yildan qonuniy migrantlar o'z-o'zini ish bilan ta'minlaydiganlarga tenglashtiriladi. Hozirda chet elda og'ir moliyaviy ahvolda bo'lgan 10 mingga yaqin fuqaroga 40 AQSh dollari miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

         Chet eldan qaytib kelib, aholini ijtimoiy muhofaza qilishning yagona reestrida ro'yxatdan o'tgan migrantlar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tgan kundan boshlab binolar va inshootlarni ijaraga olgan dastlabki uch oylik to'lovi 2,2 million so'm miqdorida subsidiya olishga haqli. Chet elda ish izlayotganlarning ish beruvchining talablariga maksimal darajada muvofiqligini ta'minlash maqsadida qabul qiluvchi mamlakatlarda tillarni o'rganish markazlari ochiladi.


 photo_2020-09-24_14-54-16        

Ushbu ustuvor vazifalar, shuningdek, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasidagi kechagi so`zlagan nutqida ham o'z aksini topdi.

         Shavkat Mirziyoyev COVID-19 inqirozini kuchli islohot mexanizmlarini ishlab chiqish imkoniyati deb ta'rifladi. “Pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish va sog'liqni saqlash tizimlari keskin kuchaytirilmoqda, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va biznesga manzilli yordam ko'rsatilmoqda. Buning uchun maxsus fondlar tashkil etildi”, - dedi davlat rahbari.

         Mehnat vazirligi tomonidan boshlangan inqirozga qarshi kurash dasturlari qatoriga mehnat huquqlari va ish joylarida xavfsizlik va xavfsizlik standartlariga rioya qilishni kuchaytirish; tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun grantlar va subsidiyalar berish; ishchi kuchining zaif toifalarini, shu jumladan ayollar, yoshlar va nogiron fuqarolarni qo'llab-quvvatlash; shuningdek, o'zlarini chet elda yurgan mehnat muhojirlarini qaytarish uchun huquqiy maslahat va qo'llab-quvvatlash kiradi.

         Onlayn konferensiya jamoatchilik uchun ochiq bo'lib, unda xalqaro tashkilotlar va davlat idoralari rahbarlari, diplomatik doiralar, biznes, mahalliy va xalqaro OAV vakillari kabi 200 ga yaqin kishi ishtirok etdi.

         Hisobot risolasining to'liq nusxasi bilan kelasi hafta Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining www.mehnat.uz rasmiy saytida tanishish mumkin  bo'ladi.

         Rus va ingliz tilidagi taqdimot bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

         Matbuot xizmati: 71 2394121 (276)