Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga qarashli tashkilotlar xodimlariga maoshlari berilmadi” mazmunidagi xabar tarqaldi

12.02.2024

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga qarashli tashkilotlar xodimlariga maoshlari berilmadi” mazmunidagi xabar Vazirlikda shtab tuzilib o‘rganildi. O’rganish natijasiga ko‘ra, barcha tasarrufiy tashkilot xodimlariga ish haqilari to‘lab berilganligi aniqlandi. 

Vazirlik tasarrufidagi mavjud 6 ta tashkilot va muassasalar (Mehnat bozori tadqiqotlar instituti, Toshkent shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOIKA), Xodimlarning malaka oshirish respublika kurslari, Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi, Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji, Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kopleksini boshkarish direksiyasi) xodimlarining oylik ish haqlari normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida o‘z muddatlarida to‘lab berilgan.

Xodimlarga beriladigan boshqa to‘lovlar (ko‘p yillik ish staji uchun ustama, qo‘shimcha haq) tashkilot nizomida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilgan.

 Shunigdek, oylik ish haqlari o’z vaqtida to’lab berilmagan xodimlar vazirlikning Ichki audit boshqarmasida tashkil etilgan shtabga murojaat qilishlari so‘raladi.