Германиянинг “Mangold Consulting Gmbh” компанияси президенти Клаус Манголд ҳамда бошқарувчи директор, доктор Кристоф Манголд билан учрашув бўлиб ўтди

15.03.2024
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Germaniyaning “Mangold Consulting Gmbh”  kompaniyasi prezidenti Klaus Mangold hamda boshqaruvchi direktor, doktor Kristof Mangold bilan uchrashdi.
 
Unda mehnat migratsiyasi, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zbekistonlik fuqarolarni Germaniyada talab yuqori bo‘lgan ishlarga jalb qilish masalalari muhokama qilindi. 

 
Ayni paytda Germaniyadagi katta demografik jarayonlar bois boshqa davlatlardan mehnat kuchiga  talab ortib bormoqda.  Bugungi kunda O‘zbekistondan tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassislar Germaniyada  ish faoliyatini olib borishmoqda. Mazkur yo‘nalishda hali hamon ish kuchiga talab kattaligi bildirib o‘tildi. Jumladan,  Germaniyadagi 1000 ortiq shifoxonalarga tibbiyot xodimlari yetishmayotganligi va bu borada O'zbekiston tomoni ushbu bo'shliqni to'ldirishga tayyorligi ta'kidlandi.   Biroq ushbu jarayonni til bilishdagi muammolar sekinlashtirib yuborayotganligi va bu borada til bo‘yicha qo‘yilgan talablarni yumshatish taklif etildi.  Jumladan, nemis tili o‘quv kurslari muddatini qisqartirish zarurligi bildirildi. 
 
 Uchrashuvda nafaqat tibbiyot yo‘nalishidagi balki metallni qayta ishlash korxonalaridagi mexatronika, logistika, yuk avtomobili haydovchiligi yo‘nalishlariga katta talab borligi aytib o‘tildi. O'z navbatida barcha kelishuvlarni tezroq hayotga tatbiq yetish uchun byurokratik to‘siqlarni huquqiy tomonlama yechishga kelishib olindi. Shuningdek,