Ayni kunlarda Germaniya Federativ Respublikasida Germaniya-O'zbekiston Ishbilarmonlar Kengashining yettinchi yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

28.02.2023

Germaniya.

Ayni kunlarda Germaniya Federativ Respublikasida Germaniya-O'zbekiston Ishbilarmonlar Kengashining yettinchi yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.
Yig'ilish doirasida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Erfurt kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va vazirlik hamda Erfurt kasb-hunar markazi hamkorligida O'zbekiston-Germaniya kasb-hunar taʼlim markazini tashkil etish boʻyicha Yo'l xaritasi imzolandi.

Kunning ikkinchi yarmida Tyuringiya federal hududining iqtisodiy rivojlanish agentligi hamda ushbu hududda faoliyat olib borayotgan xorijiy mutaxassislarni ishga jalb qiluvchi agentlik va tashkilotlar bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda mamlakatimiz mehnat bozori shuningdek, fuqarolarni xavfsiz, qonuniy, tartibli va tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga yuborish masalalari yuzasidan taqdimot o'tkazildi.