“Yaponiya-O‘zbekiston o‘rtasida mehnat munosabatlari va kasbiy taʼlimni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan 2-mehnat forumi" o‘tkazilmoqda.

21.07.2022

Ayni paytda Toshkent shahridagi "ishga marhamat" Monomarkazida “Yaponiya-O‘zbekiston o‘rtasida mehnat munosabatlari va kasbiy taʼlimni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan 2-mehnat forumi" o‘tkazilmoqda. Unda vazir Nozim Xusanov ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Yaponiyada 100 nafar ishchiga 150 ta ish o‘rni to‘g‘ri kelmoqda. Shu sababli Yaponiya hukumati 2025 yilga qadar 350 mingdan ziyod ishchi kuchini xorijdan jalb qilish davlat dasturini ishlab chiqib, bir nechta davlatlar bilan mehnat sohasida hamkorlik shartnomasi imzolagan.
Hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan 9 ta mamlakat qatorida 2019 yilda O‘zbekiston ham qo‘shildi.