Vazir Nozim Xusanov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashdi.

27.07.2022

Vazir Nozim Xusanov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashdi.
Unda qo‘shma loyiha asosida Yaponiya standartlari bo‘yicha magistrlarni tayyorlash uchun grantlar ajratish va mutaxassislar uchun akademik harakatchanlik tizimini joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, vazirlik huzuridagi o‘quv-konsultativ idoraga yaponiyalik mutaxassislarni jalb qilishni kengaytirish, kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha qo‘shma o‘quv markazini tashkil etish, shuningdek, “Keksalarga g‘amxo‘rlik” dasturi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari tizimini joriy etish hamda Malakaviy attestatsiya masalasida tajriba almashish sohasida hamkorlik qilishga kelishishdi.