Toshkent viloyatida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiyadan 60 nafar ekspertlar ishtirokida Mehnat inspektorlarining birinchi mintaqaviy forumi boshlandi.
10.08.2022
Bugun Toshkent viloyatida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiyadan 60 nafar ekspertlar ishtirokida Mehnat inspektorlarining birinchi mintaqaviy forumi boshlandi.
Tadbirning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasi va Rossiyada mehnat sohasida davlat nazoratini amalga oshirish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamkorlikni mustahkamlash, malaka oshirish va tajriba almashish orqali mehnat inspektorlarining bilim darajasi, ishchanligi hamda samaradorligini oshirishdan iborat.