Mening konstitutsiyam – tinch, to‘kin hayotim kafolati

28.06.2022

Mening konstitutsiyam – tinch, to‘kin hayotim kafolati

Ayni damda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida vazir Nozim Xusanov raisligida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.Unda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat
tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi
Shuxrat Bafayev ma'ruza qilmoqda.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar bandlik bosh boshqarmalari, hududiy va tasarrufiy tashkilotlarning barchasi hududiy studiyalardan qamrab olingan bo'lib, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning 6700 nafari muhokamada ishtirok etyapti.