Vazirlik xabar qiladi!

08.07.2019

  O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Bandlikka ruxsat berish tizimining Koreya Respublikasiga ishchilarni jo‘natish bo‘yicha kelishuv memorandumi” doirasida bilimni baholash markazlarida o‘tkazilgan dastlabki saralash imtihonlaridan o‘tgan nomzodlarning dinamik reyting asosida ro‘yxatga olinishi 2019-yil 5-iyul kuni to‘xtatilganligini ma'lum qiladi.

    Dinamik reyting asosida ro‘yxatga jami 4003 nafar nomzod reestrga kiritildi (http://test.mehnat.uz/).

   2019-yil 15-iyulga qadar dinamik reyting asosida ro‘yxatga kiritilgan nomzodlarning koreys tilini bilish darajasi nazorat tartibda tekshiriladi va EPS Topic imtihoniga kiritilgan 2500 nafar fuqaro ro‘yxati e'lon qilinadi.

  Asoslanmagan va noto‘g‘ri xabarlarning oldini olish maqsadida faqat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy  saytida e'lon qilingan axborotlardan foydalanish so‘raladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi matbuot xizmati