Uzaytirilgan tatil vaqtida bolalarning ishlovchi ota-onalariga qonunchilikdagi imtiyoz va kafolatlar haqida

06.01.2023

Amaldagi Mehnat kodeksining 228-1-moddasiga muvofiq, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga ish vaqtining haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanishi lozim. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati chog‘ida ayollar mehnatiga haq to‘lash kamaytirilmaydi.

Amaldagi Mehnat kodeksining 229-moddasiga muvofiq, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo‘lgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilashga majburdir.

Ushbu Kodeksning 231-moddasiga ko‘ra o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta va undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg‘iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik ta’tillar, ularning xohishiga ko‘ra yoz vaqtida yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda beriladi.

Bundan tashqari, farzandlari ta’til bo‘lgan vaqtda ota-onalar uchun ularning ish beruvchilarga:

yillik mehnat ta’tilini ushbu vaqtda berishi;

kelishuvga ko‘ra ish haqi saqlanmagan ta’til berishi;

moslashuvchan ish vaqti rejimida yoki masofadan turib ishlash rejimida ishlashga ruxsat berish va rasmiylashtirish tavsiya etiladi.