Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka hududida sayyor qabul

15.09.2020

Xalq dardi, muammolarini o‘rganish fuqarolarning jamiyatga ishonchi ortishiga, hayot darajasi, yashash tarzi yaxshilanishiga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning bandligini ta’minlash, oilaga olib kiriladigan daromadini oshirish orqali hayot tarzini yaxshilash ham bugungi amalga oshirilayotgan islohotlarning omili bo‘lib xizmat qiladi. 

 photo_2020-09-15_11-04-12

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Bayrambay Ilyasov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Temur Mahmudov ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka hududlaridan birida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul jarayonida har bir fuqaroning murojaatlari e’tiborga olindi. 

 photo_2020-09-15_11-04-04

photo_2020-09-15_10-46-21

photo_2020-09-15_10-46-19