Paxta yig‘im-terimi mavsumi bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etildi

15.09.2020

Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan paxta yig‘im-terim mavsumiga tayyorgarlik ishlari, mavsum mehnat qonunchiligida belgilangan talablar asosida va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymagan holda tashkil etish, terimchilar uchun yaratilgan munosib mehnat va dam olish sharoitlari haqida taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati AOKAda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 photo_2020-09-15_11-37-46

Matbuot anjumanida AOKA Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i S. Salomov, viloyat Kasaba uyushmasi birlashmasi raisi o‘rinbosari Q. Bobolov, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i U. Prakiyev, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi Fermerlar Kengashi bo‘lim boshlig‘i I. Abduqayumov hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etidilar.

 photo_2020-09-15_11-37-49