Gender tenglik bo‘yicha Maslahat-kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

29.07.2020

O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat organlarida Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashlari tuzildi. Joriy yilning 29-iyul kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 photo_2020-07-29_16-38-39

Yig‘ilishda Maslahat-kengashi a’zolari O‘zbekiston Respublikasida Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, lavozimlarga tayinlashda va kadrlar zaxirasini shakllantirishda gender tenglikni, mehnat jamoalarida kasbiy yo‘nalishlarda teng imkoniyatlar yaratilishini ta’minlash yuzasidan monitoring olib borish kabi masalalarni, shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan qizlarning bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va kasb-hunarga o‘rganishlariga qaratilgan o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha masalalarni muhokama qildilar.

 photo_2020-07-29_16-38-41

 photo_2020-07-29_16-38-40 (2)