Nizom
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Kadrlar boshqarmasi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1.1. Kadrlar boshqarmasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati tuzilmasida belgilangan tarkibiy bo‘linmadir. Kadrlar boshqarmasi o‘z faoliyatini vazir tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida amalga oshiradi.
1.2. Kadrlar boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Uzbekiston Respublikasining qonunlari, Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyruqlariga, boshqa me'yoriy hujjatlarga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
1.3. Kadrlar boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda - boshqarma deb yuritiladi) o‘z faoliyatida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga bo‘ysunadi va o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlikning boshqaruv apparati va hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
1.4. Boshqarma o‘z faoliyatini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi o‘rinlarda - vazirlik deb yuritiladi)ning boshqa tarkibiy tuzilmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa organlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari
2.1. Boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
vazirlik rahbariyati topshiriqlari bo‘yicha markaziy apparat xodimlari hamda nomenklatura bilan tasdiqlangan boshqaruv xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish bo‘yicha hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
kadrlarning ma'lumoti, mutaxassisligi, ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini e'tiborga olib, ularni tanlash va joylashtirish;
kadrlar tarkibi bo‘yicha zaxira shakllantirish;
xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tashkillashtirish va nazorat qilish;
mutaxassislarning lavozimlarida o‘sishi va zahiraga olishda ularning ishbilarmonlik xususiyatlarini o‘rganish;
xodimlar hisobini va xodimlar bo‘yicha ish yuritishni olib borish;
xodimlarning mehnat qonunchiligi bilan belgilangan huquqlari, imtiyozlari va kafolatlarini ta'minlash;
kadrlar malaka darajasini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
2.2. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
kadrlarning ma'lumoti, mutaxassisligi, ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini e'tiborga olib, ularni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishlarini tashkillashtirish;
vazirlik tizimida kadrlarni to‘g‘ri taqsimoti bo‘yicha nazorat olib borish;
muntazam ravishda mutaxassislarning lavozimlarida o‘sishi va zahiraga olishda ularning ishbilarmonlik xususiyatlarini o‘rganish;
kadrlar tarkibi bo‘yicha zahira yaratish, yangilash va to‘ldirish ishlarini amalga oshirish va nazorat qilish;
kadrlarni Odob-axloq qoidalariga rioya etishi va Ichki mehnat tartibi qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish;
xodimlarni mehnat intizomiga rioya etilishini ta'minlash va nazorat qilib borish;
vazirlik tizimi xodimlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini rejalashtirish, tekshirish;
vazirlik tizimi xodimlarini lavozimga navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazish va attestatsiya komissiyasining tavsiyalari asosida chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
lavozimga navbatdagi attestatsiyadan o‘tuvchi xodimlarni aniqlash, attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha buyruq loyihasini tayyorlash, attestatsiyadan o‘tish bayonnomasini, attestatsiyadan o‘tayotgan xodimlarning hujjat (attestatsiya varaqalarini, tavsifnomalarni va h.k)larini tayyorlash, attestatsiya bayonnomalarini yuritish hamda xodimlarni attestatsiya xulosasi bilan tanishtirish;
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi, Nizom, Yo‘riqnomalarga hamda vazirlik buyruqlariga asosan xodimlarni ishga qabul qilish, doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish, kadrlarni hujjatlarini yuritish hamda xodimlarni Davlat mukofotlariga tavsiya etish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash;
xodimlarning oldingi va hozirgi mehnat faoliyatlari uchun ma'lumotnomalar tayyorlash va xodimlarning pensiyaga chiqishiga oid bo‘lgan hujjatlarini pensiya tayinlashga mas'ul davlat organlariga taqdim etish uchun tayyorlash;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish hamda kadrlarni boshqarish ishini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish ishlarini tashkillashtirish;
xodimlarning mehnat daftarchalarini saqlashga oid bo‘lgan “Mehnat daftarchasini ro‘yxatga olish kitobi”ni yuritadi va saqlanishini ta'minlash. Mehnat daftarchasiga tegishli (ishga qabul qilish, doimiy ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish) yozuvlar kiritish, mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarning mehnat daftarchasini o‘z vaqtida egalariga qaytarish ishlarini tashkil etish;
ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini tekshirib borish;
vazirlik va tizim tashkilotlari rahbar va xodimlari faoliyati bilan bog‘liq ichki xavfsizlik ishlarida ishtirok etish, xizmat tekshiruvlarini tashkillashtirish;
oliy ta'lim muassasalari bilan ularning bitiruvchilarini vazirlik tasarrufiy tashkilotlariga ishga taklif etish yuzasidan hamkorlik ishlarini olib borish;
jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish va ularning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta'minlash;
yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshirish.
III. Boshqarmaning huquq va majburiyatlari
3.1. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma'lumotlarni vazirlik markaziy apparata tarkibiy bo‘linmalari, tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalardan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
vazirlik rahbariyatining topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash yuzasidan tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalarga tegishli ko‘rsatmalar berish;
o‘z vakolati doirasida xizmat faoliyatiga doyr masalalarda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan aloqa qilish;
vazirlik tizimi xodimlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning xodimlarga oid murojaatlaridagi holatni huquqiy jihatdan haqqoniyligini zarurat yuzaga kelgan takdirda joyiga chiqib o‘rganish;
xodimlar shaxsiy ishiga taalluqli bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni so‘rash hamda rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra mehnat intizomiga rioya etish yuzasidan xodimlardan tushuntirish xati olish;
xodimlarning mehnat faoliyati bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarmaganliklari uchun intizomiy javobgarlikka tortish haqida vazirlik rahbariyatiga bildirishnoma kiritish;
vazirlik rahbariyatining topshirig‘iga binoan vazirlik va boshqa organlar, muassasalar majlislari hamda yig‘ilishlarida qatnashish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalari hamda tasarrufiy tizim tashkilotlarining kadrlar ishlari bo‘yicha mas'ul xodimlari faoliyati ustidan nazorat olib borish hamda ularning faoliyati yuzasidan uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
zarurat bo‘lganda vazirlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruxdar tashkil etish.
3.2. Boshqarma quyidagi majburiyatlarga ega:
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Uzbekistan Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosini, vazirlik rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta'minlanish.
IV. Boshqarmaning tuzilmasi
4.1. Boshqarmaning tuzilmasiga Boshqarma boshlig‘i, bosh mutaxassis va kichik mutaxassis kiradi.
4.2. Boshqarma faoliyatiga boshqarma boshlig‘i rahbarlik qiladi.
4.3. Boshqarma boshlig‘i, bosh mutaxassis, kichik mutaxassis o‘rnatilgan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
V. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
Boshqarmaning faoliyati Uzbekistan Respublikasi Prezidentining «Uzbekistan Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari» 2017 yil 24 maydagi PQ-3001-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining «Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 10 iyuldagi 482-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi Nizomi, vazirlikning Ichki mehnat tartibi qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, vazirlik buyruqlari va topshiriqlari, shuningdek vazirlikning ish rejalari, Boshqarmaning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
VI. Boshqarma xodimlarining vazifalar taqsimoti
6.1. Boshqarma boshligi:
boshqarma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
boshqarmadan chikuvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
boshqarma mutaxassislari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
boshqarma ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
boshqarma xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to‘grisidagi, ularning malakasini oshirish, ularni ragbatlantirish hamda intizomiy jazoga tortish to‘g‘risidagi takliflarni vazirlik rahbariyatiga takdim etadi.
6.2. Boshqarma boshligi vaqtincha bo‘lmagan taqdirda (xizmat safari, mehnat ta'tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri va boshqa holatlar) uning vazifasini o‘rnatilgan tartibda boshqarmaning bosh mutaxassisi bajaradi.
6.3. Boshqarma bosh mutaxassisi:
boshqarmaga kelib tushgan va chiqib ketadigan hujjatlarni belgilangan tartibda yuritilishini amalga oshiradi;
tizimdagi vazirlik nomenklaturasiga olingan lavozimlar (bo‘sh joylar) to‘g‘risidagi ma'lumotlarni oladi;
harbiy xizmatga majburlar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartib asosida ishlarni amalga oshiradi;
boshqarma faoliyatiga taalluqli hujjatlar yig‘majildlari, ro‘yxatga olish kitob (jurnal)larini qonunchilikda belgilangan tartibda yuritadi, ularning saqlanishini ta'minlaydi;
boshqarmaga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi, ma'lumot va javob xatlarini tayyorlaydi;
mehnat daftarchalariga tegishli yozuvlarini kiritadi va ularni saqlanishini ta'minlaydi;
hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlab arxivda saqlash uchun topshiradi;
vazirlik rahbariyati hamda boshqarma boshlig‘ining xodimlar faoliyati bilan bog‘liq hamda boshqa taalluqli topshiriqlarini ijro etadi.
6.4. Boshqarma kichik mutaxassisi:
kadrlar hujjatlarini yangilash, to‘ldirish va yuritish ishlarida ishtirok etadi;
topshiriq, xat va hujjatlarni tizim tashkilotlariga jo‘natish ishlarini amalga oshiradi;
tizim tashkilotlaridan olingan ma'lumotlarni umumlashtirish va axborot tayyorlash ishlarida ishtirok etadi;
tizimdagi mavjud bo‘sh lavozimlar (vakant joylar) to‘g‘risidagi ma'lumotlarni oladi;
boshqarma faoliyatiga taalluqli hujjatlar yig‘majildlari, ro‘yxatga olish kitob (jurnal)larini qonunchiliqda belgilangan tartibda yuritadi, ularning saqlanishini ta'minlaydi;
boshqarmaga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qatnashadi;
vazirlik rahbariyati hamda Kadrlar boshqarmasi boshlig‘ining xodimlar faoliyati bilan bog‘liq hamda boshqa