Nizom

Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish boshqarmasi

O‘zbekisgon Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Ko‘nikma, muvofiqlik va malakani baholash milliy tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Ko‘nikma, muvofiqlik va malakani baholash milliy tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasining (keyingi o‘rinlarda – Boshqarma) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya kilish va mehnatini muhofaza qilish tizimini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3913 sonli qaroriga asosan tashkil etilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekisgon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabaglari vaziri (keyingi o‘rinlarda – vazir) buyruklari va topshiriqlariga, shuningdsk ushbu Nizomga amal qiladi.

Boshqarma o‘z faoliyatini vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda boshqa vazirlik va idoralarning tegishli bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

II. Boshqarmaning tuzilmasi

Boshqarma tuzilmasiga shtat jadvaliga asosan – boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, ikki nafar sho‘ba midiri va ikki nafar 1-toifali demograflardan iborat.

Boshqarma xodimlarining ish vazifalari hamda ularning egallab turgan lavozimiga muvofiq malaka va bilim darajasiga bo‘lgan talablar Boshqarma xodimlarining lavozim yo‘riknomalarida belgilanadi.

Boshqarmaning barcha xodimlari o‘zlariga yuklagilgan vazifalarni o‘z vaktida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.

Boshqarma xodimlari normativ-xukukiy xujjatlarida va vazirlikning ichki gartib-qoidalarida belgilangan tartibda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

III. Boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari

Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

mehnat organlari tizimida ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarini tashkil etadi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

ishga joylashishga muhtoj shaxslarni, ayniqsa, band bo‘lmagan yoshlarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni va ishsizlarni iqtisodiyotning hamda mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

ishsizlarni "Usta-shogird" usulida kasbga yakka tartibda qayta tayyorlashni tashkil etadi;

kasb-hunar kollejlari bazasida ishsizlar va band bo‘lmagan aholini (kasb-hunarga qayta tayyorlashning maxsus qisqa muddatli dasturlari bo‘yicha) kasb-hunarga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi bilan birgalikda ishsizlar va band bo‘lmagan aholini, mehnat bozorida talabga ega bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha kasb-hunarga qayta tayyorlash va malakasini oshirish qisqa muddatli kurslarining o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

yoshlarning shaxsiy xususiyati va qiziqishlari, kasbiy qobiliyati va moyilligini baholash, ularga mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasblarni tanlashda ko‘maklashish va to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha amaliy tadbirlarni tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasida ishchi xodimlarni malaka darajasi va kasbiy ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha yagona va shaffof tizimni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish sohasida respublika hududida yagona davlat siyosatini yuritishni ta'minlaydi;

ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini shakllantiradi;

kasbiy ta'lim uchun zarur bo‘lgan huquqiy va me'yoriy baza yaratadi;

ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularga kasbiy maslahatlar berish bo‘yicha joylardagi hududiy mehnat organlari qoshidagi o‘quv markazlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va umummy boshqarishni amalga oshiradi;

ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish masalalari yuzasidan hududlararo hamkorlikka ko‘maklashadi;

ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasbiy tayyorlashga, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun grantlar ajratish ishlarini muvofiklanggirish;

ishsiz va band bo‘lmagan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamini kasbiy tayyorlashga, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun subsidiyalar ajratishni tashkil etish va muvofiqlashtirish;

yoshlar, shu jumladan, umumta'lim maktablarining yuqori sinflari o‘quvchilari o‘rtasida, mehnat bozori va bandlikning rivojlanishi istiqbollariga mos ravishda, kelajakdagi mehnat faoliyati yo‘nalishini tanlash va kasbiy-malakaviy rejalarni shakllantirish bo‘yicha axborotlar berilishini ular bilan maxsus psixologik testlar o‘tkazish hamda kasbga yo‘naltirish ishlarini muvofiqlashtirish;

o‘rta ta'lim maktablari, kollej va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining munosib ish bilan ta'minlanganligini o‘rganadi, ularning natijalari asosida o‘quv yurtlarida mutaxassisning kasbga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

yoshlarning kasb-hunarga xohishini va kasbiy yo‘nalishlarini aniqlash uchun psixologik-sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etish va natijalari bo‘yicha takliflar kiritadi.

IV. Boshqarmaning huquq va majburiyatlari

Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma'lumotlarni markaziy agsharat, Qorakalpogiston Respublikasi Bandlik va mehnag munosabatlari vazirligi, viloyatlar Bandlik bosh boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda – hududiy boshqarmalar) va tasarrufiy tashkilotlaridan belgilangan targibda so‘rab olish;

vazir topshirigiga binoan, lozim hollarda hududiy boshqarmalari va gasarrufiy tashkilotlari majlislari va yigilishlarida katnashish;

vazirlikning Hay'at majlisida ko‘rib chikish uchun ish o‘rinlarini gashkil etish va aholi bandligiga oid konunchilik tegishli o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish yuzasidan gakliflar kirigish;

ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish va yoshlarni kasbga to‘gri yo‘naltirish sohasida hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

aholi bandligi dasturlarini shakllantirishda ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash hamda yoshlarni kasbga yo‘naltirish qismi bo‘yicha takliflar ishlab chikish.

Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun kuyidagi majburiyatlarga ega:

hududiy boshqarmalardan aholi bandligi dasturlarida ishsiz aholini kasb-hunarga o‘kigish yo‘nalishida hududlar bo‘yicha oylik, choraklik va yillik hisobotlar kabul kilish va hakkoniyligini ta'minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nalatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning Hay'at qarorlari, vazir buyruqlari o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash;

ishsiz va band bo‘lmagan aholini ms’hnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlash va shu orqali bandligini ta'minlash bo‘yicha rahbariya gga tahliliy ma'lumotlar tayyorlash;

vazirlik rahbariyatining topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifagli bajarilishini ta'minlash.

V. Boshqarma faoliyatini tashkil etish

Boshqarma faoliyati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbariyagi tomonidan tasdiqlanadigan ishlar rejasi asosida tashkil etiladi.

Hududiy boshqarmalar va tasarrufiy gashkilotlarning boshqarmaga taqdim etilayotgan ma'lumotlarni o‘z vaktida va sifatliligi uchun shaxsan javobgar.

Boshqarma ma'lumotlarning aniqligi, o‘z vaqtida va sifatliligi uchun javobgar hisoblanadi.